Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston-Germaniya sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.
Bugun Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelmoqda.
Boʻlajak muzokaralarda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.