Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 noyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Ikki mamlakat hududlari darajasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzaro tovar ayirboshlashni koʻpaytirish uchun zamonaviy savdo-tijorat va logistika infratuzilmasini yaratish, yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi boʻyicha loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va ilgari surish, uy-joy kommunal xoʻjalik va shaharsozlik sohalarida sheriklikni chuqurlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Faol madaniy-gumanitar almashinuvlarning davom ettirilishi qoʻllab-quvvatlandi.
Oʻzbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan oʻzaro manfaatli hamkorligi boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.