Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahriga keldi.
Boʻlajak tadbir doirasida Hamdoʻstlik mamlakatlari yetakchilari yilning asosiy yakunlarini sarhisob qiladilar hamda MDH makonida koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalarini koʻrib chiqadilar.
“Pulkovo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Leningrad viloyati va Sankt-Peterburg rahbariyati kutib oldi.
Bugun mamlakatimiz yetakchisi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi.