Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi.
«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Soʻng davlatimiz rahbari gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston yetakchisi 25-26 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.