Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi

0
345
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 mart kuni birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri  Xolid al-Falih boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Xolid al-Falih Oʻzbekiston Respublikasiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ol-Saud va Valiahd shahzodasi Muhammad ol-Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbat chogʻida koʻp qirrali Oʻzbekiston-Saudiya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani, yirik investitsiya loyihalari, eng avvalo energetika sohasida ilgari surilayotganini yuqori baholadi.

 “ACWA Power” korporatsiyasi mamlakatimizning turli hududlarida energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va “yashil” energetikani rivojlantirish boʻyicha umumiy qiymati 2,7 milliard dollarlik loyihalarni ilgari surishga hissa qoʻshayotgani alohida qayd etildi.

Bundan tashqari, Saudiya taraqqiyot fondi ishtirokida ijtimoiy ahamiyatga ega qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

“Yoʻl xaritasi” asosida neft-gaz, gaz-kimyo va kimyo tarmoqlari, togʻ-kon sanoati, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va farmatsevtika hamda boshqa ustuvor yoʻnalishlarda istiqbolli investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.