Oʻzbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan «yashil» energetika sohasidagi sheriklikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

0
23
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi — Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 11 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ar-Riyod viloyati rahbariyati – shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni Ar-Riyod shahrida oʻtkazilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni qabul qildi.

Qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va «yashil» energetika sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston energetika sohasini toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgan yetakchi «ACWA Power» kompaniyasi bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilganini alohida mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Mamlakatimiz hududlarida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, shuningdek, «yashil» vodorod ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekistonda mahalliylashtirish va korxonalar energiya samaradorligini oshirish jarayonlariga Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilarini jalb etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.