Qozon shahrida oʻtayotgan BRIKS global sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Sberbank» prezidenti va boshqaruvi raisi German Grefni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Uchrashuvda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va taʼlim sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Toshkent shahrida raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislar va muhandislar tayyorlashga ixtisoslashgan “Maktab 21” taʼlim muassasasining ikkinchi kampusi ish boshlaganidan mamnuniyat bildirildi.
Shuningdek, bank sektori va shahar infratuzilmasini boshqarishda samarali raqamli yechimlarni joriy etish boʻyicha muhim qoʻshma loyihalar qayd etildi.