Oʻzbekiston Prezidenti ShHT sammitida ishtirok etish maqsadida Sindaoga joʻnab ketdi

0
73
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 8-10 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida oʻtadigan oʻn sakkizinchi majlisida ishtirok etadi. 

Sammitda tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi aloqalarni faollashtirish masalalari hamda koʻp tomonlama hamkorlikning boshqa jihatlari muhokama qilinadi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 8 iyun kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sindao shahriga joʻnab ketdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida bir qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.