Oʻzbekiston Prezidenti ShHT va OHICHK sammitlarida ishtirok etadi

0
95
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil 13-14 iyun kunlari Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti hamda 15 iyun kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning navbatdagi sammitlarida ishtirok etadi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. .

ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi majlisining kun tartibidan ustuvor yoʻnalishlarda, jumladan, siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari oʻrin olgan. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashish koʻzda tutilgan.

Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, shuningdek, tashkilot doirasidagi koʻp qirrali sheriklikni, jumladan, hududlararo aloqalarni, raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning beshinchi sammiti «Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona nazar bilan» mavzusi ostida oʻtadi. Uning ishida kengashga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bishkek va Dushanbe shaharlarida boʻlib oʻtadigan sammitlardagi ishtiroki doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.