Oʻzbekiston Prezidenti Singapur Parlamenti Spikerini qabul qildi

0
29
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Singapur Respublikasi Parlamenti Spikeri Sia Kian Pengni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida parlament rahbari mamlakatimiz yetakchisiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va forum yuksak darajada tashkil etilganini eʼtirof etdi.

Oʻtgan bir yilda Oʻzbekiston-Singapur munosabatlarida ulkan natijalarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikkita davlat tashrifi muvaffaqiyatli oʻtkazildi, tovar ayirboshlash hajmi, qoʻshma loyihalar soni, shu jumladan toʻqimachilik va kimyo, qishloq xoʻjaligi, logistika va boshqa tarmoqlarda izchil oshib bormoqda.

Kadrlar tayyorlash, investitsiyalar, turizm va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oliy darajadagi kelishuvlar ustidan birgalikda samarali parlament nazoratini oʻrnatish muhimligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.