Oʻzbekiston Prezidenti «State Grid» yirik energetika xoldingi raisi bilan uchrashdi

0
30
marta koʻrilgan.

Pekin shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻziga ajratilgan qarorgohda “State Grid” kompaniyasi raisi Sin Baoanni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xitoyning elektr tarmoqlari korporatsiyasi ushbu sohadagi global yetakchi boʻlib, Fortune Global 500 reytingida yuqori oʻrinlarni egallab kelmoqda.

Kompaniya elektr uzatish tarmoqlarini barpo etish va ularni ekspluatatsiya qilish boʻyicha keng koʻlamli loyihalarni amalga oshirish borasida, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda katta tajribaga ega. Aktivlari qiymati 800 milliard dollar atrofida.

Ushbu kompaniya ishtirokida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, yuqori voltli elektr uzatish liniyalarini qurish va infratuzilma obyektlarini modernizatsiya qilish, bunda ilgʻor injiniring yechimlari va yuksak texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Mamlakatimiz energetika tarmogʻi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Qoʻshma loyihalarni jadallashtirishga qaratilgan “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.