Pokiston Bosh vazirining qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon faxriy qorovul oldidan oʻtib, shohsupaga koʻtarildi. Oʻzbekiston va Pokistonning davlat madhiyalari yangradi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari ham hozir boʻldi.
Shavkat Mirziyoyev xalqlarimiz doʻstligi, hamjihatligi ramzi sifatida qarorgoh bogʻiga koʻchat ekdi.
Shundan soʻng, ikki mamlakat yetakchilarining tor doiradagi muzokarasi boshlandi.