Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahridagi “Kazan Ekspo” markazida ochilgan Tatariston sanoat salohiyati koʻrgazmasiga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Davlatimiz rahbariga Rossiya Hukumati Raisining oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi.
Kecha shu yerda uchinchi Oʻzbekiston-Rossiya hududlararo hamkorlik forumi boʻlib oʻtdi. Prezidentimizga ushbu tadbir yakunlari toʻgʻrisida batafsil axborot berildi.
Oʻzbekiston yetakchisi Tataristonning yetakchi korxonalari sanoat mahsulotlari va texnologiyalari bilan tanishdi.
Koʻrgazma doirasida Rossiya Hukumati Raisining oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Navbatdagi Oʻzbekiston va Rossiya hududlari forumida erishilgan kelishuvlarni, eng avvalo, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.