Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifning birinchi kunida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston hududlarining Tatariston bilan oʻzaro manfaatli va koʻp qirrali hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Soʻnggi yillarda yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi va faol gumanitar almashinuv oʻzining amaliy natijalarini berayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Faol muloqotlar va oʻzaro tashriflarni davom ettirish, Oʻzbekiston hududida qoʻshma iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Oʻzbekiston Prezidenti Tatariston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi.
*** *** ***
Qozon shahriga tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tatariston Respublikasining davlat mukofoti — «Doʻstlik» ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov tantanali ravishda topshirdi.
Prezidentimiz ushbu orden bilan Oʻzbekiston va Tatariston oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro anglashuvni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun mukofotlandi.
Mamlakatimiz yetakchisi Tatariston rahbariga mukofot uchun samimiy minnatdorlik bildirib, soʻnggi yillarda oʻzaro hamkorlikda yuqori natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etdi hamda Tatariston xalqiga ezgu tilaklarini bildirdi.