Oʻzbekiston Prezidenti Tataristonning yetakchi kompaniyalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi

0
123
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 oktyabr kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda Tatariston bilan amaliy sheriklikni kengaytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qoʻshma innovatsion loyihalarni ilgari surish masalalari har tomonlama koʻrib chiqildi.

Yetakchi korxona va kompaniyalar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikning ilk natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Toshkent viloyatidagi “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki doirasida kooperatsiya koʻlami kengayib bormoqda. Xususan, 16 ta investitsiya loyihasi tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.

Qabul qilingan “yoʻl xaritasi”ga muvofiq mashinasozlik tarmogʻida, yangi turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish borasida, kichik tonnajli kimyo va neftni qayta ishlash, agrar sanoat, IT sohalarida kooperatsiyani kuchaytirish va loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston hududlarida, shu jumladan Jizzax va Toshkent viloyatlarida qoʻshma biznes loyihalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Taʼlimga oid, texnik ixtisosliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasidagi dasturlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.