Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

0
59
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 may kuni qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi, amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Bosh vazir Qohir Rasulzoda davlatimiz rahbariga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik oliy darajada erishilgan kelishuvlarga muvofiq jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo va yuk tashish hajmi ortmoqda, muvaffaqiyatli kooperatsiya loyihalari koʻpaymoqda. Yaqin hududlararo aloqalar yoʻlga qoʻyilgan, madaniy-gumanitar almashinuvlar faol amalga oshirilmoqda.

Tovar ayirboshlashni oshirish boʻyicha samarali choralar koʻrish, energetika, mashinasozlik, qishloq xoʻjaligi, transport, konchilik, toʻqimachilik va boshqa tarmoqlarda Oʻzbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi mablagʻlarini jalb qilgan holda istiqbolli loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu maʼnoda, bugun Toshkent shahrida ikki mamlakat bosh vazirlari raisligida oʻtkazilgan qoʻshma Hukumatlararo komissiya yigʻilishi qarorlarini amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.