Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 fevral kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisiga mamlakatning janubi-sharqida qor koʻchishi oqibatida insonlar qurbon boʻlgani va jiddiy talafotlar koʻrilgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.
Ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Oliy darajada, eng avvalo savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport va boshqa yoʻnalishlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish choralari muhokama qilindi.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlariga qarshi kurashish borasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi.
Boʻlajak tadbirlar, shu jumladan koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi muloqotlar rejasi ham koʻrib chiqildi.