Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 fevral kuni ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Pokiston Islom Respublikasi moliya vaziri, komissiyaning Pokiston qismi raisi Isʼhoq Dorni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, eng avvalo, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Isʼhoq Dor uchrashuv imkoniyati uchun Oʻzbekiston yetakchisiga minnatdorlik bildirib, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda tranzit va preferensial savdo toʻgʻrisida imzolangan muhim bitimlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, hukumatlararo muzokaralar kun tartibi doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari ikki tomonlama avtomobil qatnovlarini rivojlantirish hamda Markaziy va Janubiy Osiyoni Afgʻoniston orqali bogʻlaydigan va Pokiston portlariga olib chiqadigan temir yoʻl qurilishi loyihasini jadallashtirish zarurligiga alohida toʻxtaldi.