Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi bilan Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi

0
115
marta koʻrilgan.

 Ostona shahrida oʻtgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻziga ajratilgan qarorgohda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bagʻdod Amreevni qabul qildi.

Keyingi yillarda tashkilot doirasidagi muloqot faollashib, koʻp qirrali hamkorlik kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil noyabr oyida Samarqandda boʻladigan sammitga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jihatlari koʻrib chiqildi.

Davlat rahbarlarining majlisi arafasida kun tartibini hamda savdo, investitsiya, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va gumanitar almashinuv boʻyicha koʻp tomonlama hujjatlarni ishlab chiqish maqsadida vazirlar darajasida qator uchrashuvlar boʻlib oʻtadi. 

Tashkilot sammitini puxta tayyorlash uchun ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma kotibiyati bilan yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.