Oʻzbekiston Prezidenti “Turkiy dunyo tiklanishiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi

0
153
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo yozuvchilari, ziyolilari va sanʼatkorlari jamgʻarmasi (Türk Dünyası Yazarlar ve Sanatçılar Vakfı –TURKSAV) tomonidan taʼsis etilgan “Turkiy dunyo tiklanishiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun” xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi.
 
Bu haqda TURKSAVning Anqarada oʻtkazilgan maxsus matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
 
Mukofot sohibining ismi-sharifi TURKSAV hayʼati kollegial qoʻmitasi tomonidan Turkiya va xorijiy davlatlarning taniqli siyosatchilari, iqtisodchilari, fan va sanʼat namoyondalarining 2019 yildagi faoliyatini oʻrganish natijalari asosida eʼlon qilindi.
 
TURKSAV mukofotini topshirish marosimi 2020 yil may oyida Anqarada Turkiya parlamenti, hukumati, keng jamoatchiligi, ishbilarmon doiralari va sanʼat arboblari ishtirokida tantanali tarzda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
 
Mukofotga turli yillarda Turkiya Prezidenti S.Demirel, Ozarbayjon Prezidenti H.Aliyev, Qozogʻiston Prezidenti N.Nazarboyev va boshqalar sazovor boʻlgan.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.