Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi

0
77
marta koʻrilgan.

16 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi xalqaro konferensiya doirasida Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻlini qabul qildi.

Uchrashuvda koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkiya munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Turkiya bilan munosabatlarning samarali va jadal ruhini mamnuniyat bilan qayd etdi. Ikki mamlakat yetakchilarining muntazam muloqoti doʻstlik va strategik sheriklik rishtalarini mustahkamlash, ikki tomonlama hamkorlikni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilmoqda.

Mavlud Chavushoʻgʻli Oʻzbekiston Prezidentiga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqa kun tartibi, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Ushbu mamlakatda mustahkam tinchlikka erishish va uning iqtisodiyotini tiklash borasida yaqindan hamkorlik qilish muhim ekani taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.