Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

0
44
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 iyun kuni amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Turkiya mudofaa idorasi rahbari Oʻzbekiston yetakchisiga Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Anqara shahriga 5-6 iyun kunlari amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif chogʻida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, yaqin idoralararo aloqalarni mustahkamlash, qoʻshma tadbirlar tashkil etish, harbiy mutaxassislarni tayyorlash va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Xavfsizlik sohasida, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash va muvofiqlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.