Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya delegatsiyasini qabul qildi

0
108
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻli boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Turkiya koʻp qirrali munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari oliy darajadagi muntazam muloqotlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik rishtalari va strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va uni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻli samimiy qabul uchun Oʻzbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi  hamda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.

Suhbat chogʻida oʻtgan yil fevral oyida Anqara shahrida oʻtgan Strategik hamkorlik kengashining davlat rahbarlari darajasidagi birinchi yigʻilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda navbatdagi sammitni mamlakatimizda oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida mamlakatimizda yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Faol hududlararo muloqotni rivojlantirish, qoʻshma taʼlim va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surishdan ikkala mamlakat ham manfaatdor ekani taʼkidlandi.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy sheriklik, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.