Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
49
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 fevral kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga sihat-salomatlik, farovonlik, qardosh turk xalqining barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Zamonaviy Turkiyaning barpo etilishida, mamlakatning global maydondagi nufuzi yuksalishida, Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari bugungi yuksak darajaga koʻtarilishida Prezident Rejep Erdogʻanning oʻrni va shaxsiy hissasi alohida qayd etildi.

Turli darajalarda faol, sermahsul muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlik surʼati oshib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Investitsiyalar, innovatsiyalar, energetika, infratuzilma, sogʻliqni saqlash, taʼlim va boshqa sohalarda qoʻshma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishi va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi boʻlajak sammitlar kun tartibini tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbat yakunida yetakchilar butun musulmon ummati uchun muqaddas boʻlgan Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan bir-birini tabriklab, qardosh Oʻzbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.