Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
115
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan 26 fevral kuni telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga baxt-saodat va yangi zafarlar, doʻst Turkiya xalqiga esa farovonlik tiladi.

Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanning mamlakatni barqaror rivojlantirish, xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi tarixiy oʻrni alohida qayd etildi. Davlatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan katta hissasi yuksak baholandi.

Prezidentlar shu oy Turkiyaga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifning samarali natijalarini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot chogʻida keng koʻlamli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalari batafsil koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va oʻz vaqtida amalga oshirish muhimligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, Prezidentlar mintaqaviy hamkorlik hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.


Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.