Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentini qutlugʻ yoshi bilan samimiy tabrikladi

0
30
marta koʻrilgan.

26 fevral kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanni qutlugʻ 70 yoshga toʻlgani bilan dildan qutladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, birodar turk xalqi va davlatining ravnaqi yoʻlidagi masʼuliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Zamonaviy Turkiyaning barpo etilishida, global maydondagi nufuzi yuksalishida, Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlaridagi bugungi yuqori darajaga erishilishida Prezident Rejep Erdogʻanning oʻrni va hissasi alohida qayd etildi.

Barcha darajalarda faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik surʼati oshib borayotgani katta mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

Oʻtgan yil yakunida qoʻshma korxona va loyihalar soni sezilarli darajada – 365 taga ortdi, Turkiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan investitsiyalar portfeli kengaydi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar ham, tegishli ravishda oʻzaro sayyohlar oqimi ham koʻpaydi.

Davlat rahbarlari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishi kun tartibini puxta tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston-Turkiya Hukumatlararo komissiyasi doirasida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.