Oʻzbekiston Prezidenti Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz  va  YeTTB rahbari Odil Reno-Basso hamda OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa, yana Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov boshchiligidagi delegatsiyalarni qabul qildi

0
58
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1 may kuni  uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek,  mamlakatimiz Prezidenti  Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi majlisi arafasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida sheriklikning yuksak darajasiga erishilgani, yaqin va samarali hamkorlik qilinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunda bankning mamlakatimizdagi loyihalari portfeli 4,4 milliard yevrodan oshgan. Ularda xususiy sektor ulushi 70 foizga yaqinlashdi.

Oʻzbekiston  Prezidenti forum dasturi doirasida OPEK Xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari OPEK jamgʻarmasining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishdagi muhim oʻrnini qayd etib, Oʻzbekistonda sanoat, infratuzilma, suv taʼminoti va boshqa sohalarda moliyalashtirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini yuqori baholadi.

Forum davomida imzolangan qiymati 500 million dollarlik bitim doirasidagi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi. Hujjatda turizm, logistika, farmatsevtika, ekologiya, xotin-qizlar tadbirkorligi va yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash kabi yangi yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilgan.

 Prezident Shavkat Mirziyoyev  Toshkent investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Oʻtgan yilda oʻzaro tovar ayirboshlash 27 foizga, joriy yil boshidan esa yana 15 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, energetika, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika, toʻqimachilik, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Loyihalar portfelini, shu jumladan Qoʻshma investitsiya kompaniyasi mablagʻlarini jalb qilgan holda yanada kengaytirish muhim ekani taʼkidlandi. Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlarning iqtisodiy kun tartibini puxta tayyorlash maqsadida yaqin fursatda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi hamda ikki mamlakat hududlarining ikkinchi forumi oʻtkaziladi. Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Oʻzbekiston, Ozarbayjon va Qozogʻiston energetika vazirlarining 1 aprel kuni boʻlib oʻtgan uch tomonlama uchrashuvining asosiy yakunlari yuqori baholandi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.