Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 5 iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.
Anqara shahrida Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yigʻilishini oʻtkazadilar.
Tashrif dasturida ikki mamlakatning yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qoʻshma uchrashuvda ishtirok etish ham koʻzda tutilgan.