Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Aeroportda davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar jadal rivojlanib, mamlakatlarimiz strategik sherikligi izchil mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo, sanoat, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, transport sohalarida va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlik kengayib borayotgani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, boʻlajak tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.