Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston bilan koʻp qirrali sheriklik kun tartibini kengaytirish muhimligini taʼkidladi

0
92
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni navbatdagi Oʻzbekiston-Turkmaniston siyosiy maslahatlashuvlari doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida vazir Rashid Meredov davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, mamlakat Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tovar ayirboshlash hajmi jadal oʻsib borayotgani, 2024 yilda 1,1 milliard dollardan oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. «Shovot-Toshovuz» chegaraoldi savdo zonasi birgalikda barpo etilmoqda. Sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika, qishloq xoʻjaligi va suvdan foydalanish sohalarida yaqin va oʻzaro manfaatli hamkorlik izchil davom ettirilmoqda. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.

Toshkent shahrida Gurbanguli Berdimuhamedovning «Hakyda göwheri» («Tafakkur gavhari») nomli yangi kitobining oʻzbek tilidagi nashri taqdimoti oʻtkazilgani uchun Turkmaniston rahbariyati nomidan Oʻzbekiston yetakchisiga chuqur minnatdorlik izhor etildi.

Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikning yangi keng qamrovli kun tartibini shakllantirish, boʻlajak oliy darajadagi tashriflar, mintaqa davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi va «Markaziy Osiyo plyus» formatidagi sammitlarga tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, xalqaro siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.