Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston bilan parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi

0
85
marta koʻrilgan.

8 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kunlarda Toshkent shahrida oʻtayotgan jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Turkmaniston Milliy Kengashi Majlisi Raisi Gulshat Mammedovani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Majlis Raisi Gulshat Mammedova Oʻzbekiston yetakchisiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Milliy Kengash Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Davlatimiz rahbari mustahkam doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, ishonch va strategik sheriklik aloqalariga asoslangan Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlarining bugungi yuksak darajasini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma kooperatsiya loyihalarini va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini ilgari surishda ikki mamlakat parlamentlari muhim oʻrin tutishi alohida taʼkidlandi.

Parlamentlararo ittifoq, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasidagi samarali muloqot maydonchalari doirasidagi sermahsul hamkorlikka yuqori baho berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.