Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidentiga ogʻir judolikka uchragani –buvisi, hurmatli Ogulabat edje Berdimuhamedova hayotdan koʻz yumgani munosabati bilan chin dildan hamdardlik bildirdi.
Suhbatda Oʻzbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Yaqinda oʻtkazilgan Hukumatlararo komissiya yigʻilishi, tashqi siyosiy idoralar, transport, madaniyat vazirliklari doirasidagi uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning samarali natijalari ijobiy baholandi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, eng avvalo, “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Davlat rahbarlari boʻlajak tadbirlar rejasini ham muhokama qilib, bir-birini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladilar, ezgu tilaklar bildirdilar.