Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

0
128
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 oktyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari qardosh Turkmaniston xalqiga joriy yil 10-11 oktyabr kunlari Ashxobodda oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi sammitida koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmanistonning MDHdagi raisligi muvaffaqiyatli oʻtayotgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Davlat rahbarlari koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlarining ahvoli va ularni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar nuqtai nazaridan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi vaqt bilan sinalgan mustahkam doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalari, avvalo, savdo, transport, qishloq xoʻjaligi, energetika va boshqa tarmoqlarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos ekani qayd etildi.

Tomonlar hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga bundan buyon ham faol koʻmaklashishga tayyorligini bildirdilar.
 
Muloqot soʻngida davlat rahbarlari doʻst mamlakatlarimiz va butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yoʻlida Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash borasida qatʼiy ekanini tasdiqladilar.


Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.