Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti doirasidagi tadbirlar yakunlandi

0
33
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni Ostona shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Joriy yil iyul oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yigʻilishlari, shuningdek, Turkmaniston mahsulotlari koʻrgazmasining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzaro savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, jumladan, sanoat, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Hududlararo aloqalarni kengaytirish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozogʻiston Respublikasiga davlat tashrifi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti doirasidagi tadbirlar yakunlandi. 

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qoʻydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.