Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston rahbari bilan uchrashdi

0
106
marta koʻrilgan.

Toshkentda oʻtayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida 29 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Turkmaniston rahbarining Oʻzbekistonda amaliy tashrifi 28 noyabr kuni boshlangan edi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va ularni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.