Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

0
66
marta koʻrilgan.

 Toshkentdagi xalqaro konferensiya dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  16 iyul kuni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredovni qabul qildi.

Oliy darajadagi muntazam muloqotlar tufayli koʻp qirrali Oʻzbekiston-Turkmaniston yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotgani alohida taʼkidlandi.

Rashid Meredov davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Oʻzbekiston yetakchisining Markaziy va Janubiy Osiyo bogʻliqligini rivojlantirish borasidagi tashabbuslari yuksak baholandi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi. Qoʻshma hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish muhimligi qayd etildi.

Joriy yilning 6 avgust kuni “Avaza” milliy turizm zonasida oʻtkaziladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuviga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi.

Afgʻonistonda qaror topayotgan murakkab vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.