Oʻzbekiston Prezidenti Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi bilan telefon orqali muloqot qildi

0
130
marta koʻrilgan.

7 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga oʻzining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil 20-21 oktyabr kunlari Turkmanistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomidagi oliy darajali uchrashuv va tadbirlarning samarali natijalari yuksak baholandi.

Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni, shu jumladan faol parlamentlararo muloqotlar va almashinuvlarni davom ettirish orqali amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Shu hafta oxirida Samarqandda oʻtkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining kun tartibidagi masalalar ham koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.