Oʻzbekiston Prezidenti umra amallarini bajardi

0
61
marta koʻrilgan.

Davlat rahbari lavozimiga saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida boʻlib turgan  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muqaddas Makka shahriga bordi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

19 iyul — islom olamida boshlangan hijriy 1445 yil muharram oyining birinchi kunida davlatimiz rahbari ehromga kirib, umra amallarini bajardi. Kaʼbatullohning ichida namoz oʻqish sharafiga muyassar boʻldi.

Shavkat Mirziyoyev dinimiz arkonlariga muvofiq Baytulloh atrofida yetti bor tavof, Safo va Marva tepaliklari orasida yettita saʼy qildi. Vatanimiz ravnaqi, el-yurtimiz tinchligi va farovonligi, barcha yurtdoshlarimiz, yosh avlodimiz baxtu iqboli va yorqin kelajagini tilab duolar qilindi.

Taʼkidlash joizki, aynan shu kuni Kaʼbaning kisvasini almashtirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.