Oʻzbekiston Prezidenti va Fransiya Milliy majlisi Raisi parlamentlararo almashinuvni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

0
13
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 mart kuni Parij shahridagi Burbon saroyida Fransiya Milliy majlisi Raisi Yael Braun-Pive bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo almashinuvni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Ushbu tashrifning tarixiy ahamiyati, Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Fransiya parlamenti quyi palatasi rahbari Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarni, vakillik organlarining roli, xotin-qizlar, bolalar, yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari hamda ekologik xavfsizlik kafolatlari kuchayganini yuqori baholadi.

Oʻzbekiston-Fransiya parlamentlararo forumini tashkil etish va «yoʻl xaritasi» asosida doʻstlik guruhlari ishini qayta tiklash masalalari muhokama qilindi.

Oʻzbekiston yetakchisi Milliy majlis Raisini joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga taklif etdi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.