Oʻzbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Prezidenti ikki tomonlama munosabatlar istiqbollarini muhokama qildilar

0
80
views

29 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning ikki tomonlama uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni, eng avvalo innovatsiya va texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot, muqobil energetika, transport va logistika, taʼlim va madaniyat sohalarida rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Joriy yil may oyida Germaniyaga amaliy tashrif davomida oʻtkazilgan sermahsul muzokaralarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, jumladan, “Markaziy Osiyo — Germaniya” formatida amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligini taʼkidladilar.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here