Oʻzbekiston-Germaniya sammiti yakunida daraxt ekish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Kansleri Olaf Shols Kongress markazidagi xiyobonda birgalikda daraxt ekdilar.
Bu Oʻzbekiston-Germaniya koʻp qirrali munosabatlarida yangi bosqich boshlangani, xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik rishtalari mustahkamlanib borayotganining ramzi boʻldi.
Shu bilan Prezidentimizning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.