Oʻzbekiston Prezidenti va Kuvayt Davlati Valiahdi keng qamrovli sheriklikni rivojlantirish rejalarini muhokama qildilar

0
58
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 fevral kuni Al-Kuvayt shahriga tashrif doirasida ushbu mamlakat Valiahdi Shayx Saboh as-Saboh bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Kuvayt oʻrtasidagi doʻstlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Valiahdga samimiy qabul va alohida eʼtibor uchun minnatdorlik bildirdi.

Kuni kecha boʻlib oʻtgan oliy darajadagi tarixiy muzokaralar, hukumat aʼzolari va yetakchi kompaniyalar bilan sermahsul uchrashuvlar koʻp qirrali Oʻzbekiston-Kuvayt munosabatlarini kengaytirish uchun mustahkam asos boʻlishi taʼkidlandi.

Oliy va yuqori darajada yaqin muloqot va almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olindi. Investitsiyalarni jalb qilish uchun platformani tez fursatda ishga tushirish, agrosanoat majmui, transport va logistika, sogʻliqni saqlash, taʼlim, farmatsevtika, infratuzilma va boshqa yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

«Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» muloqoti doirasidagi tashabbuslarni oʻzaro qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qabul qilingan barcha qaror va kelishuvlar ijrosi ustidan birgalikda nazorat oʻrnatish masalasi kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.