Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim oʻrin tutishini taʼkidladi

2
143
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 mart kuni Xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining oʻrinbosari Binali Yildirimni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Uchrashuv avvalida Binali Yildirim davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston-Turkiya strategik sheriklik munosabatlarining bugungi darajasini mamnuniyat bilan qayd etdi. Oʻzaro savdo hajmlari ortmoqda, zamonaviy sanoatni barpo etish va infratuzilmani modernizatsiya qilish boʻyicha yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, madaniy-gumanitar aloqalar mustahkamlanmoqda.

Bugungi kunda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi Strategik sheriklik boʻyicha oliy darajadagi kengashning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazishga faol tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi. Oʻtgan yil noyabr oyida tashkilotning Istanbul sammitida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar transferi kabi sohalardagi qoʻshma tashabbus va loyihalarni ilgari surish shular jumlasidan.

Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

2 Mulohaza

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.