Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri Transafgʻon temir yoʻli loyihasini ilgari surish masalasini koʻrib chiqdilar

0
101
marta koʻrilgan.
OHICHK sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokara oʻtkazdi.

Avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston va Pokiston yetakchilari savdo-iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun mavjud salohiyat va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligini qayd etdilar.

Afgʻonistonda tinchlik jarayoniga va ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishga koʻmaklashish maqsadida “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul — Peshovar” temir yoʻlini qurish boʻyicha strategik loyihani amalga oshirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.