1 may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Konstitutsiya boʻyicha referendumning muvaffaqiyatli natijalari va ushbu tadbir yuksak xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etilgani bilan tabrikladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sanoat kooperatsiyasi boʻyicha yirik loyihalarni ilgari surishda amaliy natijalarga erishilayotgani qayd etildi.
Qardosh xalqlarimizni yaqinlashtirishda Oʻsh shahrida Bobur nomidagi akademik teatrning yangilangan binosi ochilgani va Qoʻqon shahrida talabalar spartakiadasi oʻtkazilgani muhim ahamiyatga ega.
Davlat rahbarlari ikki mamlakat oqsoqollari va yoshlari ishtirokidagi Avlodlar muloqotiga puxta tayyorgarlik koʻrish boʻyicha topshiriq berdilar.
Mintaqaviy hamkorlik masalalari, shu jumladan joriy yilning iyun oyida Qirgʻizistonda oʻtkaziladigan koʻp tomonlama sammitga tayyorgarlik yuzasidan ham fikr almashildi.