Oʻzbekiston Prezidenti va Saudiya Arabistoni Valiahdi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

0
32
marta koʻrilgan.

Navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston-Saudiya koʻp qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Ar-Riyoddagi favqulodda sammit oʻz vaqtida tashkil etilgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Turli darajalardagi faol muloqot va almashinuvlar davom etayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo va investitsiyalar hajmi, qoʻshma korxonalar soni oshib bormoqda.

«Yashil» energetika, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kommunikatsiyalar sohasida, qishloq xoʻjaligi, sanoatda yangi qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.

Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga, shu jumladan 2025 yilda Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan «Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» muloqotining ikkinchi sammitiga tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston yetakchisi fuqarolarimiz Haj va Umra ziyoratlarini ado etishlariga yaratilgan sharoitlar uchun Saudiya Arabistoni rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Mintaqaviy masalalar, jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu bilan Ar-Riyodga amaliy tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlandi, davlatimiz rahbari Bokuga joʻnab ketdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.