Oʻzbekiston Prezidenti va Vengriya Bosh vaziri keng koʻlamli sheriklikni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar

0
138
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Bosh vazir va doʻst venger xalqini milliy bayram – Vengriya inqilobi kuni bilan samimiy qutladi.

Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va koʻp qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mamlakatlarimizning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qoʻshma investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish hamda Oʻzbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperatsiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidani ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.