Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya bilan ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish uchun katta imkoniyatlar borligini qayd etdi

0
114
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 avgust kuni Budapesht shahriga tashrifi doirasida Yevropaning yetakchi “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Vengriya ishbilarmonlari bilan hamkorlikdagi birinchi yirik loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilgani – “OTP” banki Oʻzbekiston bozoriga kirganini alohida mamnuniyat bilan taʼkidladi.

Ipoteka-bank”ni xususiylashtirish boʻyicha bitimning muvaffaqiyati xorijiy investorlarga muhim ishora boʻlgani va ularning mamlakatimizga qiziqishini oshirgani qayd etildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bank-moliya sohasini rivojlantirish, shu jumladan xizmatlar sifatini oshirish, eng avvalo, biznes uchun innovatsion va arzon mahsulotlarni joriy etish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor tarmoqlardagi qoʻshma loyihalarni qoʻllab-quvvatlash va ilgari surishning samarali moliyaviy vositalarini tez fursatda ishga tushirish muhimligi taʼkidlandi.

Bank rahbari Shandor Chani Vengriya kompaniyalari oʻz investitsiyaviy faoliyatini kengaytirishiga yaratilgan qulay sharoitlar uchun Oʻzbekiston yetakchisiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.