Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlarini qayd etdi

0
27
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 7 may kuni qoʻshma Hukumatlararo komissiya tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Peter Siyyarto davlatimiz rahbariga Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda uchinchi Toshkent investitsiya forumi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston bilan Vengriya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Ikki mamlakat strategik sherikligi izchil mustahkamlanib, amaliy aloqalar jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajalarda faol muloqotlar davom etmoqda. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga koʻpaydi, qoʻshma loyiha va korxonalar soni oshmoqda.

Sanoat, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, baliqchilik, logistika, koʻchmas mulk obyektlarini qurish va boshqa yoʻnalishlardagi loyihalarni ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi. Toshkent viloyatida Vengriya va Yevropa kompaniyalarining loyihalari uchun maxsus iqtisodiy zonani tez fursatda ishga tushirish muhimligi taʼkidlandi.

Gumanitar almashinuv ham kengaymoqda. Talabalarimiz Vengriyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olmoqda.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkilotidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.