14 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Suhbat avvalida Oʻzbekiston yetakchisi Vengriya Hukumati rahbarini “FIDES” – Xristian-demokratik xalq partiyasi koalitsiyasi ushbu mamlakat parlamentiga saylovda gʻalaba qozongani bilan samimiy tabrikladi.
Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi bilan bir-birini tabrikladilar.
Strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari, Vengriya Bosh vazirining oʻtgan yili mart oyidagi Oʻzbekistonga tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi batafsil muhokama qilindi.
Farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, bank-moliya sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.
Suhbat har doimgidek samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.